Raddiya
Kuni-kecha ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari bilan bog‘liq masala yuzasidan qayd etilishicha, Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari "Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UK moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O.M bilan birga ushlanganligi ma’lum qilingan.
Buning sababi sifatida esa Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli balansida bo‘lgan 2,5 gektar yer maydonidagi bino va inshootlar bo‘yicha o‘tkaziladigan auksion savdolarda qaror chiqartirib berish evaziga 180 000 dollar talab qilingani ko‘rsatilgan.
"Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UK raxbariyati shuni ma’lum qiladiki, mazkur holat ushbu korxonaga mutlaqo aloqasi yo‘q va korxonada hech qanday sotuvga qo‘yilgan yer maydoni ham mavjud emas.
E’tiborlisi, DXX matbuot xizmati tomonidan tasdiqlangan xabarlarda ham "Qo‘qon MTU" UK balansidagi yer maydoni haqida ma’lumot keltirilmagan.
Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ko‘rsatilgan shaxs O.M "Qo‘qon MTU" UK moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan sobiq xodim bo‘lib, u 01.05.2008 y.dan 07.08.2017 y.gacha faoliyat yuritgan. Undan so‘ng esa 05.08.2017 y. - 09.03.2021y. davr mobaynida Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelganini ma’lum qilamiz.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI