
25 avgust kuni «Afrosiyob» poyezdining harakat jadvalida bir martalik o‘zgarish bo‘ladi
Navoiy - Buxoro yo‘nalishidagi temiryo‘lda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan, 2021 yil 25 avgust kuni soat 7:28 da Toshkent - Buxoro yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 762-sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining harakat jadvalida bir martalik o‘zgarish bo‘ladi.
Unga ko‘ra mazkur poyezd shu kuni Toshkentdan Navoiygacha harakatini amalga oshiradi. Yo‘lovchilar Navoiydan Buxorogacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tashkil qilinadigan maxsus avtobuslarda olib boriladi.Joriy yil 25 avgust kuni Buxoro-Toshkent yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 761-sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdi o‘z vaqtida harakatini amalga oshiradi. Shuningdek, boshqa poyezdlar harakat jadvalida ham o‘zgarish bo‘lmaydi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.
IZOH: Qo‘shimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI