Metropoliten: Dolzarb savollarga javob beriladi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida "Toshkent metropoliteni" DUK tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga bag‘ishlangan brifing brifing bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumki, Toshkent metropolitenining kengayishi va poytaxtning aholi zich joylashgan tumanlarida ham yangi yo‘nalishlar ochilishi bilan birga yo‘lovchi tashish hajmi ikki barobarga oshgan. Toshkent metropoliteni mavjud imkoniyat va quvvatlardan kelib chiqqan holda, poyezdlarning harakatini tashkil etdi va bu poyezdlar harakati jadvalida biroz o‘zgarishlarga olib keldi. Tig‘iz payt vaqtida stansiyalarning platformalarida va harakat tarkiblarida yo‘lovchilarning ko‘payishi kuzatila boshlandi.
Ushbu muammoni hal qilish uchun yangi zamonaviy metrovagonlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzildi. Shu kunlarda Toshkentga 20a yangi va zamonaviy metro vagonlari kelishi haqida e’lon bergandik, Ulardan 5ta metropoyezdni shakllantiriladi, bu esa eng gavjum hisoblangan Chilonzor yo‘nalishining sezilarli darajada tushirilishiga xizmat qilishi shubxasiz. Yil yakuniga qadar esa, shu turdagi yana 20ta vagon keltirilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, maktab o‘quvchilari va talabalarda yangi o‘quv yili boshlanishi, metropolitenda yo‘lovchilar soni yanada o‘sishi, yo‘lovchilarning ko‘plab murojaatlari inobatga olinishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik bayramini
nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan, joriy yilning 30 avgustidan boshlab poyezdlar qatnovi bo‘yicha yangi jadval joriy etiladi. Ya’ni:
Chilonzor yo‘nalishi soat 07:30 dan 9:00 gacha bo‘lgan ertalabki tig‘iz vaqtda 3 daqiqa oraliqda va kechqurungi “tig‘iz” vaqtda 16:30 dan 19:30 gacha 4 daqiqa oraliqda tashkil etiladi.
O‘zbekiston yo‘nalishi soat 07:30 dan 09:00 gacha bo‘lgan ertalabki tig‘iz vaqtda 4 daqiqa oraliqda va kechqurungi “tig‘iz” vaqtda 16:30 dan 19:30 gacha 5 daqiqa tashkil etiladi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI