
“Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha reyslari yo‘lga qo‘yilmoqda!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida, 30, 31 avgust hamda 1 sentyabr kunlari “Toshkent – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida 764/763-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
764-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi ushbu kunlarda Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan 08:30da;
763-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa Samarqand temir yo‘l vokzalidan 17:00da harakatini amalga oshiradi.
IZOH: Qo‘shimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI