"Mashinistlar o‘quv markazini" ning yangi o‘quv sinflarini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2021 yil 26-avgust kuni, vatanimiz mustaqilligining 30-yilligi arafasida, "O‘zbekiston" lokomotiv deposi hududida joylashgan "Mashinistlar tayyorlov o‘quv markazi"ning 3-qavatidagi yangi o‘quv sinflarini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "O‘zbekiston" lokomotiv deposi rahbariyati va kasaba uyushmasi raisi, "Mashinistlar tayyorlov o‘quv markazi" rahbariyati, o‘quvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdilar. O‘quv sinflari mebel, ko‘rgazmali qurollar va smart-televizorlar bilan jixozlandi.
E’tiborli jixati shundaki, 2007-yilda tashkil etilgan ushbu markazda, bir vaqtning o‘zida 350-ta tinglovchi o‘qitish imkoni mavjud edi. Yangi o‘quv sinflari tashkil etilganidan so‘ng esa, 550-dan ziyod tinglovchi o‘qitish imkoni yaratildi.
Ma’lumot uchun, poyezdlar harakati xavfsizligi eng avvalo lokomotiv brigadalariga bog‘liqligi, ularning bilim saviyasi xozirgi zamon talablariga javob berishi lozim. Lokomotiv brigadalarining bilim saviyasini ko‘tarish hamda, poyezdlar harakati xavsizligini ta’minlashni oshirish maqsadida yagona markaz «Lokomotiv mashinistlari, mashinist yordamchilari va o‘zi yurar mashina mashinistlarini tayyorlov o‘quv markazi» O‘zbekiston lokomotiv deposi bazasida tashkil etildi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI