Taqdimot: Yangi metropoyezdlar yaqin vaqt ichida xalq xizmatiga tayor bo‘ladi
Bugun, 31 avgust kuni, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi arafasida, Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan yangi poyezdlarining tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, Rossiyaning "Metrovagonmash" AJ tomonidan 20 ta yangi metrovagon ishlab chiqargan bo‘lib, ulardan 5ta metropoyezd shakllantirildi. Joriy yil oxiriga qadar, shartnomaga ko‘ra, ushbu modifikasiyadagi yana 20 ta metrovagoni Toshkentga yetkazib berish rejalashtirilmoqda.
Harakat tarkiblar dunyodagi eng yirik temir yo‘l va shahar relsli transporti uchun harakat tarkibilarini ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblangan — Rossiyaning “Metrovagonmash” AJ (“Transmashxolding” AJ) da ishlab chiqarildi. O‘zbekistonga yetkazib beriladigan 81-765/766/767 rusumli metropoyezdlari 2016 yildan buyon turli xil korinishda ishlab chiqarilmoqda va ayni paytda ular Moskva, Qozon va Boku metropolitenlarida ekspluatasiya qilinmoqda.
Tantanali marosimda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi X.Xasilov hamda "Transmashxolding" AJ bosh direktorining o‘rinbosari A.Chebakov ishtirok etib nutq so‘zladilar.
– So‘nggi yillarda mamlakatimiz Prezidenti boshchiligida amalga oshirilayotgan “Yangi O‘zbekiston” islohotlari tufayli mamlakatimizda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayoti tubdan yangilanib salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilganligi barchamizga yaxshi ma’lum, – deydi X.Xasilov. – Ayniqsa, temir yo‘l transporti sohasida tub o‘zgarishlar, yangilanishlar, olamshumul loyihalar nafaqat mamlakatimiz, balkim jahon hamjamiyatining e’tirofiga sazovor. Xabaringiz bor, yurtimiz rahbariyati tashabbuslari bilan 2020 yilda Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi uzaytirilgan bo‘lib, yer osti yangi ikkita bekat qurilgani, yer usti xalqa yo‘nalishining birinchi bosqichidagi Do‘stlik – Qo‘yliq uchastkasi bunyod etilgani (7ta bekat) hamda Sergeli yo‘nalishi (5ta bekat) foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 59 km bo‘lib, bekatlar soni 43tani tashkil etmoqda. Poytaxtimiz metrosida xizmat qiladigan vagonlarni yangilash – dolzarb masalalaridan biri ekani alohida e’tiborda. Ma’lumki, 2019 yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “Metrovagonmash” AJ o‘rtasida 20 ta metro vagonlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi va ushbu vagonlar shu yilning o‘zida yetkazib berildi. Ular yangi, zamonaviy, noyob muhandislik va konstruktorlik yechimlarini, murakkab tashqi dizayn va texnologik interyerga ega bo‘lib bugungi kunda Toshkent metropolitenining yer usti xalqa yo‘nalishining Do‘stlik – Qo‘yliq uchastkasida xalqimizga xizmat qo‘rsatmoqda. Joriy yilda esa, aprel oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “Metrovagonmash” AJ o‘rtasida yana 40ta ushbu turdagi vagonlarni harid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Metro poyezdlarini xarid qilish Rossiya Federasiyasining rivojlanishga hissa qo‘shadigan loyihalarni amalga oshirish uchun resurslar bilan ta’minlaydigan davlat korporasiyasi – “ВЭБ.РФ”, shuningdek, uning tarkibidagi “Roseksimbank” guruhi tomonidan moliyalashtirildi.
– Avvalam, barchani kirib kelayotgan O‘zbekiston Mustaqilligining 30-yillik bayrami bilan muborakbod etib shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan bag‘oyat xursandmiz, – deydi A.Chebakov. – Joriy yil fevral oytda muzokaralar olib borilayotgan paytda, kelishilgan 40ta vagonning birinchi partiyasini, ya’ni 20tasini Mustaqilliy bayramigacha ishlab chiqarib va yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldik va ushbu vazifani o‘z vaqtida bajarganimizdan mamnunmiz. Shuni ham qayd etish lozimki, O‘zbekistonda bu kabi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar amalga oshirilishi, poytaxt ahli va mehmonlari uchun shunaqaa sharoitlar yaratilayotgani alohida e’tirofga loyiq.
Poytaxtimiz metropoliteni uchun yangi ishlab chiqarilgan vagonlar zavodning o‘zidan o‘zgacha usulda bo‘yalgan ko‘rinishda chiqmoqda. Vagonlarning yon tarafi va eshiklari oq rangga bo‘yalgan. Butun harakat tarkibi bo‘ylab gorizontal ravishda O‘zbekiston milliy bayrog‘inining ranglari mujassam etgan chiziq tortilgan. Poyezdning tom qismi havorang tusda, old qismi esa qora rangda boyalgan. Shuningdek old qismida yo‘nalishni korsatuvchi elektron satri joylashgan bolib “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ramzi aks etgan.
81-765/766/767 seriyadagi metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega bo‘lib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi, uchinchi avloddagi asinxron tortuvchi dvigatelining qo‘llanilishi ekspluatasion xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradi. Yangi vagonlarning yana bir qator texnik imkoniyatlari va afzalliklariga quyidagilar kiradi:
— Vagonlar orasidagi germetik “garmoshka” ko‘rinishidagi o‘tish joylari yo‘lovchilar uchun poyezdning boshdan oxirigacha o‘tish imkonini beradi va bu bilan harakat tarkibining sig‘imini oshiradi;
— Yo‘lovchilar saloni har bir tomonda to‘rttadan bo‘lgan avtomatik va ikki qavatli eshiklar ornatilgan. Eshiklar 12 foizga kengaytirilgani yo‘lovchilarni tasodifan qisilib qolishi oldi olingan;
— Salondagi haroratni ornatilgan kondisioner, isitish va shamollatish tizimi ta’minlab turadi. Shuningdek, shiftda maxsus himoya qutilari ichida joylashgan va havoni ultrabinafsha lampalar yordamida zararsizlantirish tizimi qo‘llanilgan;
— Har bir vagon telekanallar translyasiyasi imkoni bilan birga yo‘lovchilarga zamonaviy ma’lumot uzatish tizimi bilan ta’minlangan;
— Har bir vagon videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, har bir vagonda shift kameralari, shuningdek, shoshilinch aloqa bloklari ustida ham kameralar mavjud, yong‘inni avtomatik payqash va o‘chirish tizimi ham mavjud;
— Mashinist kabinasida yo‘llar hamda harakatlanuvchi sostav vagonlari eshiklarini videokuzatuv tizimi monitori joylashgan.
Tadbirda ta’kidlanganidek, yangi keltirilgan 20ta metro vagon (5ta xarakat tarkib)larda sozlash ishlari (пуско-наладочные работы) yakunlangach Toshkent metropolitenining eng gavjum hisoblangan Chilonzor yo‘nalishiga qo‘yiladi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI