Hamkorlik uchun taklif
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportini rivojlantirish hamda mahalliy vagon operatorlarining yangi kompaniyalarini yaratish bo‘yicha ishtirok etish istagini bildirgan mahalliy va xorijiy investorlarni muzokaralarga taklif etadi.
Investorlar bilan hamkorlik qilishning ustuvor omillaridan biri - O‘zbekiston Respublikasida xususiy yuk vagonlari parkini yaratishdir. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi tomonidan temir yo‘l vagonlarini olib kirishda tadbirkorlarga taqdim etiladigan imtiyozlar (ссылка на сайт) 2025 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi.
O‘z navbatida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan yuk vagonlari egalariga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qiladi.
Murojaat uchun telefonlar:
Tashqi bozor konyunkturasini o‘rganish bo‘yicha bosh mutaxassis - (71) 237-82-34
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI