Yangi metro poyezdlari ishga tushirildi
Bugun, 06.09.2021 y., Toshkent metropolitenida, o‘tgan haftada keltirilgan va taqdim etilgan yangi metro poyezdlari poytaxt ahli va mehmonlariga xizmat qilishni boshladi.
Yangi poyezdlarining sozlash ishlari yakunlangach, eng ko‘p yo‘lovchilar oqimiga ega bo‘lgan Chilonzor yo‘nalishiga uchta harakat tarkib o‘z ishini boshladi. Qolgan yana ikkita metro poyezdi yaqin orada ushbu yo‘nalishda aholi xizmatida harakatlanadi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan brifingda mutasaddilarning ta’kidlaganlaridek, endi Chilonzor yo'nalishida ertalabki tig'iz vaqtda soat 07:30 dan 9:00 gacha poyezdlar orasidagi interval 3 daqiqani va kechqurungi tig'iz vaqtda 16:30 dan 19:30 gacha 4 daqiqani tashkil etilmoqda.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI