Shaharlararo yo‘lovchi poyezdlarining yo‘lovchilari diqqatiga!
Ma’lumki, Toshkent – Xojikent – Toshkent yo‘nalishida tezyurar elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish maqsadida mazkur liniyadagi po‘lat izlar bosqichma-bosqich kapital ta’mirdan chiqarilmoqda.
Joriy yil 10 sentyabr kuni “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitary korxonasining yo‘lsozlari tomonidan navbatdagi kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu bois ushbu kuni Toshkent – Xojikent – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlarining 2 ta reysi, ya’ni soat 07:10 dagi 6429-sonli Toshkent – Xojikent va soat 10:10 dagi 6430-sonli Xojikent – Toshkent yo‘nalishlarida harakatlanadigan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi.
Shu kuni soat:
05:20dagi - Xojikent – Toshkent;
06:15dagi - Xojikent – Toshkent;
14:06dagi - Toshkent – Xojikent;
16:42dagi - Xojikent – Toshkent;
17:31dagi - Toshkent – Xojikent;
19:13dagi - Toshkent – Xojikent yo‘nalishlardagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari harakat jadvali bo‘yicha qatnovlarini amalga oshiradi.
Shu kungi boshqa reyslar harakat jadvali bo‘yicha o‘z vaqtida qatnovlarni amalga oshiradi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.
IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI