“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlari soni yana bittaga ko‘payadi

Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.U.” kompaniyasi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan “Afrosiyob” poyezdining yana bitta harakat tarkibi O‘zbekiston tomon yo‘l olgan bo‘lib, Ispaniyaning Bilbao portidan kema orqali bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg portiga yetib keldi. Safarning mazkur bosqichida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaviy poyezdni relsga qo‘yib mamlakatimizga olib kelishga harakatlarini boshladilar. 

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI