Sohada mehnat muhofazasiga oid chora-tadbirlar

Urganch temir yo‘l masofasida bugungi kunda 633 nafar ishchi-xodim ish olib bormoqda.  Uning temir yo‘l masofasi jami 578,8 kilometr, shundan asosiy yo‘llar 472,5 kilometr, 258 komplekt strelkali o‘tkazgich, shundan 168 komplekt markazlashtirilgan, 467ta sun’iy inshoot, shundan 3ta katta ko‘prik, 3ta o‘rta ko‘prik va 26 dona kichik ko‘prik, 58ta temir yo‘l kesishmasi, shundan 14tasi qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasini tashkil qiladi.

Ish beruvchi va kasaba uyushmasi bilan ijtimoiy sherikchilik asosida mehnat muhofazasi ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Ijtimoiy sherikchilik tamoyillariga binoan qonunchilik talablari va me’yorlariga rioya qilgan holda ish beruvchi va boshlang‘ich kasaba uyushmasi mas’uliyatini yanada oshirishga jiddiy e’tibor bergan holda jamoa shartnomasining mehnatni muhofaza qilishga oid bandlari to‘laqonli bajarilishiga erishilmoqda.

Kasaba uyushmasi tomonidan saylangan 53 nafar mehnatni muhofaza qilish vakillari ishtirokida korxona bo‘limlarida uch bosqichli ma’muriy-jamoatchilik nazorati o‘tkazish sifatini yaxshilashga erishilmoqda. Mehnatni muhofaza qilish vakillari tomonidan mehnat muhofazasi talablariga rioya qilinishida yuzaga keladigan muammolarni joyida bartaraf etish, faoliyatni tashkillashtirish, ish unumdorligini oshirish bo‘yicha ish beruvchiga amaliy yordam ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan korxona rahbariyatiga yozma ma’lumot va taqdimnomalar kiritib kelinmoqda.

Mehnat sharoiti noqulay ishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), maxsus kiyim-bosh, poyabzal, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlangan. Joriy yilning 6 oyi mobaynida 1801,5 ming so‘mlik sut va sut mahsulotlari, maxsus kiyim-bosh, poyabzal, shaxsiy himoya vositalariga 247115 ming so‘m, antiseptik va niqob uchun 24468 ming so‘m pul sarflandi.

Korxona bo‘limlarida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablarini muntazam ravishda o‘rganib, muhokama qilib borish va kelgusida baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda Urganch temir yo‘l masofasida sog‘lom va xavfsiz mehnat hamda ishlab chiqarish sharoitlari yaratish O‘zbekiston Respublikasi “Mehnat muhofazasi to‘g‘risida”gi qonun talablari asosida olib borilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI