Dengiz sari yo'l: O'zbekiston Jahon portlari va dengiz orqali tashuvchilari bilan yangi imkoniyatlarni kengaytirmoqda

Joriy yilning 19-21 oktyabr kunlari Kaspiy dengiz bo‘yidagi Aktau shahrida (Qozog'iston Respublikasi) "Kaspiy portlari va yuk tashish – 2021" nomli 2-xalqaro konferensiyasi va ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Dengiz portlaridan foydalangan holda xalqaro tranzit-transport yo‘laklarini rivojlantirishga bag‘ishlangan ushbu tadbirda ishtirok etish O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega, chunki geografik joylashuvining o‘ziga xosligi, yuk tashishda turli transport turlaridan foydalangan holda rivojlangan multimodal transport tizimini shakllantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlantirishida dolzarb vazifalaridan biridir.

Ushbu tadbirda ishtirok etish, o‘z navbatda, xalqaro tashkilotlar, dengiz portlari va yuk tashish kompaniyalari, yirik transport-logistika kompaniyalari va dengiz tashuvchilari vakillari bilan ochiq va do'stona muloqot tarzida yuk tashish va tranzit transport koridorlarini rivojlantirish sohasidagi dolzarb mavzularni bevosita muhokama qilish imkonini berdi.

Shuningdek, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ konferensiyasida Kaspiy portining "Aktau dengiz Shimoliy terminali" va Qozog'iston Respublikasining "Kazmortransflot" milliy yuk tashish kompaniyasi bilan o'zaro anglashuv va hamkorlik to'g'risidagi memorandumlar imzolandi. Shunga o‘xshash jarayon joriy yilning avgust oyida Aqtau va Kuryk dengiz portlari, shuningdek, Horgos quruq porti (Qozog'iston Respublikasi) va Novorossiysk dengiz portidagi terminallarga ega "Ruskon" Rossiya logistika kompaniyasi bilan amalga oshirildi. 

Ta'kidlash joiz, O'zbekiston Yevroosiyo qit'asi – Kaspiy, Qora, O'rta er va Boltiq dengizlari portlari, shuningdek, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo portlari bilan ham o'zaro hamkorlikka yuksak qiziqish ifoda etmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI