Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdining yo‘lda toʻxtab qolganiga oid izoh

Ijtimoiy tarmoqlarda shuningdek poyezd vagonlarida elektr uzilishi haqida ham xabarlar tarqalmoqda.

Kuni kecha, ya’ni 3 noyabr soat 22:23da Toshkent – Buxoro yo‘nalishidagi №766-sonli reysda harakatlanayotgan “Afrosiyob” poyezdi rejadan tashqari safar davomida 4 daqiqaga to‘xtab qoldi. Mazkur holat bort tizimidagi nosozlik tufayli yuzaga kelgan. Poyezd mashinistlari bortdagi barcha qurilmalarni boshqarish tizimini to‘liq qayta ishga tushirishdi (perezagruzka qilindi). Aynan shu vaqtda yo‘lovchilar tomonidan olingan videoda: “Bizda tez yurar “Afrosiyob”dayam svet o‘chadi” deya kinoya fikr yuritdilar. Bort tizimi qayta ishga tushirilgach, poyezd o‘z yo‘lida davom etdi va "Buxoro" temiryo‘l vokzaliga yetib bordi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya (Patentes Talgo S.L.U.)da ishlab chiqarilgan zamonaviy yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlari harakatini tashkil qilish bilan bog'liq barcha xavfsizlik talablari hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan.

Axborot-tahlil media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI