11 noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni
Joriy yil 10 noyabr kuni, “O‘zbekiston” lokomotiv deposida ushbu kasb bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda lokomotiv deposi boshlig‘i Maxamatov F.E. hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Asamiddinov D.T. yig‘ilish qatnashchilarini bayram bilan tabriklab o‘tdilar hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining joriy yil 10 oy davomida Kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot tinglandi.
Shuningdek, bayramona tadbir doirasida "Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan “O‘zbekiston” lokomotiv deposining bir qator ishchi-xodimlar depo rahbariyati va Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI