«Kasaba uyushmalari kuni» munosib nishonlanmoqda

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2020 yil 11 noyabrda bo‘lib o‘tgan VIII Qurultoyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qatnashchilarga yo‘llagan tabrigida 11 noyabr sanasini “Kasaba uyushmalari kuni” etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi bildirildi. Unga ko‘ra, 2020 yil 23 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.

Joriy yilning 1 noyabrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va uni Federatsiya kengashi raisi Qudratilla Rafiqov olib bordi. Yig‘ilish kun tartibida bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Ulardan eng muhimi erishgan natijalari, fidokorona xizmatlariga ko‘ra turli nominatsiyalar bilan bir qatorda “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarori bir ovozdan maʼqullanib, qabul qilindi.

Eng asosiysi, yig‘ilganlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishlash maqsadida tadbir yakunida ana shu mukofot bilan hurmat va eʼtirofga sazovor bo‘lgan bir guruh kasaba uyushma rahbarlarini shaxsan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov taqdirladi. Ular qatorida O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Qutlimurat Sabirov hamda rais o‘rinbosari Mahmud Rozimetovlar ham bor.

Xuddi shunday bayramona tadbir "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJda ham davom etdi. Unda O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Qutlimurat Sabirov jamoa aʼzolarini ilk bor nishonlanayotgan ushbu bayram bilan qutlab, eng samimiy tilaklarni bildirar ekan, mazkur yo‘nalishda mehnat qilayotgan xodimlarining xizmatlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida ham alohida eʼtirof etilishi, shu sababli jamoaning barcha aʼzolari ushbu mukofotga loyiq, deb topilganini qayd etdi.

Shundan so‘ng jamoa aʼzolariga “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan ko‘krak nishonini tantanali tarzda topshirdi. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI