Xavfsizlik xizmatida: Lokomotiv brigadalarini safardan oldin tibbiy ko'rikdan o'tkazish

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida harakati xavfsizligini ta’minlashda asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lgan safar (reys) oldidan reys oldi va undan keyin o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikni o‘tkazish – alohida e’tiborda. 

Kuni kecha “Lokomotiv brigadalari ishchilarini safardan oldin va undan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni to‘g‘ri tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Tarmoq sog‘liqni saqlash xizmati hamda hududiy davolash-profilaktika muassasalarining mas’ul rahbarlari va xodimlari ishtirokida videoanjuman yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda safardan oldin tibbiy ko'rikdan o'tkazishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhimligi haqida so‘z yuritilib, unda "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati Markaziy temir yo‘l poliklinikasining ishlab chiqarish terapevti Malkova E.M. va Sog'liqni saqlash xizmati bosh jarroxi Mansurov B.M.lar ma'ruza bilan ishtirok etdilar.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI