Innoweek-2021”: Temir yo‘l korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qiziqish yuqori bo‘ldi

O‘tgan hafta Toshkentdagi Innovasion rivojlanish vazirligi binosida — innovasiyalar uyida “Innoweek-2021” innovasion g‘oyalar xalqaro haftaligi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati jamoasi ham tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilgan noyob mahsulotlari bilan faol ishtirok etishdi. Temiryo‘lchilar qudralti lokomotivlar va yuk vagonlari uchun yaratgan noyob ehtiyot qismlar, ixtirolar, mamlakatimizning ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur bo‘lgan turli mahsulotlar sifatligi, mustahkamligi, arzonligi hamda yuqori talabga egaligi bilan ishtirokchilarni befarq qoldirmadi.

– Ushbu haftalikda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati jamoasi nomidan “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasi, “Quyuv-mexanika zavodi” shoʻba korxonasi hamda “Toshkent-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan yuzga yaqin mahsulotlar bilan qatnashdik, – deydi “Quyuv–mexanika zavodi” shoʻba korxonasining marketing bo‘yicha  muhandisi Otamurod Abduraximov. – Xususan, “Quyuv-mexanika zavodi” shoʻba korxonasida ishlab chiqarilgan yuk vagonlarining maketlari va ularning ehtiyot qismlari ko‘rgazmada namoyish etildi. Shuningdek, tadbirda lokomotiv hamda yuk vagonlarining ehtiyot qismlari ham namoyish etildi. “Toshkent-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida IL-76 samolyotining qanot qismi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur ko‘rgazmada ushbu mahsulotlarning ehtiyot qismlari ham namoyish etildi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda ushbu mahsulotlarga ehtiyoji yuqori bo‘lgan tashkilotlarga ko‘rsatib berish orqali muhim shartnomalarga erishishdir.

Bugungi kunda “Quyuv-mexanika zavodi” shoʻba korxonasida yuk vagonlarini bir-biriga ulash qismi bo‘lgan avtosetka ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu mahsulot shu kunga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmas edi, ya’ni xorijdan olib kelingan. Ko‘rgazmada aynan ushbu mahsulotga qiziqish katta bo‘ldi. Undan tashqari lokomotivlarning tormoz tizimi uchun kolotkalarga, yuk vagonlarini telejka, rama hamda kuzov qismi uchun ishlab chiqarilgan sifatli ehtiyot qismlarga yurtimizdagi yirik korxonalarning vagon parklari mutaxassislari tomonidan yuqori qiziqish bildirildi. Shuningdek, ko‘rgazmada korxonada lokomotiv motor qismining porshin va gilza kabi ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘rgazmada ushbu mahsulotlarga ham katta qiziqish bo‘ldi. Natijada mamlakatimizning eng yirik ishlab chiqarish korxonalaridan bo‘lgan “Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati” davlat korxonasi hamda “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga ushbu ehtiyot qismlarni yetkazib berish bo‘yicha muhim sharnomalar tuzish ko‘zda tutilgan edi.

Bir hafta davom etgan ko‘rgazmada mutaxassislarimiz tomonidan tashrif buyuruvchilarga hamda xorijlik ekspertlarga temir yo‘l korxonalarida o‘zimizning ishchi-xodmlar tomonidan innovasion loyihalar asosida ishlab chiqarilayotgan noyob mahsulotlar keng miqyosda tanishtirildi. Mahalliy va xorijlik ekspertlar tarmoq korxonalarida yaratilgan ehtiyot qismlar sifatiga yuqori baho berishdi. 

Axborot-tahlilit media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI