Xovost temir yo‘l bekati mehr-shafqat hamshiralari faoliyatidan
O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti “Mehr-Shafqat” xizmati Xovost temir yo‘l bekatida 50 nafardan oshiq ehtiyojmandlarga uchta hamshira Shaxlo Mavlonova, Baxriniso O‘sarova, Xayriniso Yo‘ldoshevalar 30 yildan ortiq xizmat ko‘rsatib kelishmoqda.
Har bir hamshira o‘ziga biriktirilgan ehtiyojmandlar xolidan har kuni xabar olib, ularga kerakli yordamlar ko‘rsatib kelishmoqda. Shu bilan birga bekat hamshiralari tomonidan kerakli mutaxassislar jalb qilingan holda korxona, tashkilotlarda sog‘likni saqlash va favqulotda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish mavzularida tadbirlar tashkil etib kelishmoqda.
Tashkilot qaramog‘idagi keksa temiryo‘lchi Galiya Ismailova Xovost vagon deposida 30 yildan ortiq kran haydovchi bo‘lib ishlagan. U yolg‘iz keksa bo‘lib, 2004 yildan buyon “Mehr-Shafqat” xizmati qaramog‘ida turadi. Hamshira Shaxlo Mavlonova muntazam ravishda uning qon bosimini o‘lchab, uy ishlarida yordamlashadi.
Tamara Karabeynikova Toshkent fuqaro inshootlari va suv ta’minoti distansiyasi (NGCh 10) korxonasida 37 yil suvoqchi-bo‘yoqchi bo‘lib ishlagan. Undan hamshira Baxriniso O‘sarova har doim xabar olib, uy ishlarida yordam beradi va tibbiy muolajalarini bajaradi.
Tamara Busova 28 yil Xovost bekati navbatchisi bo‘lib ishlagan. Uning xolidan hamshira Xayriniso Yo‘ldosheva muntazam ravishda xabar olib, qon bosimini o‘lchab, aptekadan dorilarini olib kelib beradi va uy ishlarida yordamlashadi.
Shuningdek, hamshiralar temir yo‘l tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda favqulotda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar tashkillashtirishda ishtirok etishadi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI