Osiyo Taraqqiyot banki Buxoro – Urganch – Xiva temir yo‘lini elektrlashtirish uchun mablag‘ ajratishni ma’lum qildi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston g‘arbidagi yirik shahar markazlarini bog‘lovchi 465 kilometrlik temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish, temir yo‘l xizmatlarini yaxshilash hamda mintaqada savdo va turizmni rivojlantirish uchun 162 million dollarlik kredit ajratadi.
Loyihaga ko‘ra Buxoro, Miskin, Urganch va Xorazm viloyatidagi YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xiva shaharlarini bog‘lovchi yo‘l elektrlashtiriladi. Bu esa o‘z navbatida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarni soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlanishiga, Buxoro va Xiva o‘rtasidagi qatnov vaqtini ikki soatgacha qisqartirish, poytaxt Toshkentdan Xivaga yetti soatda yetib borish imkonini beradi.
– “Ishonchli va xavfsiz transport infratuzilmasi iqtisodiy o‘sishning asosiy omili hisoblanadi, ayniqsa dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan O‘zbekistonda”, – deydi OTBning Markaziy va Gʻarbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov. – OTB loyihasi merosga boy Xorazm viloyatini O‘zbekistonning qolgan qismi bilan bog‘laydigan iqtisodiy yo‘lak yaratishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Loyiha, shuningdek, Xitoyni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog‘laydigan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (MOMIH) 2 koridorining bir qismidir. Bu poyezdlar qatnovi va sifatini kengaytirish orqali O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar va undan olisdagi mamlakatlar bilan aloqa va savdosini yaxshilashga yordam beradi.
OTBning loyihasi qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmga bir necha foydali ta’sir ko‘rsatadi", dedi, – OTBning Markaziy va Gʻarbiy Osiyo bo‘yicha transport va kommunikasiyalar bo‘yicha direktori Xideaki Ivasaki. “Shuningdek, bu O‘zbekistonning temir yo‘l liniyasini dizel yoqilg‘isidan elektr energiyasiga o‘tishini ta’minlash orqali O‘zbekistonning kam uglerodli transportga o‘tishini, mamlakatning Parij kelishuvi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi”.
“Buxoro-Xiva” liniyasi elektrlashtirilgach, yillik yo‘lovchi tashish hajmi joriy yilda 280 ming yo‘lovchidan, 2026 yilga kelib esa 1 million yo‘lovchidan ko‘proqqa oshishi kutilmoqda. 2026-yilga borib yuk tashish hajmi yiliga jami 11,8 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI