
Keksa temiryo‘lchilarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi
2021 yil — “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv kengashining 2021 yil 16 noyabrdagi 319-sonli bayoni, 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti “Mehr-shafqat” xizmati qaramog‘idagi ehtiyojmandlariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish to‘g‘risida”gi №1211-N sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti “Mehr-Shafqat” xizmati qaramog‘idagi 398 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yakka-yolg‘iz qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan temiryo‘lchilarni qo‘llab-quvvatlab oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami o‘z ichiga 13 xildagi mahsulotlarni olgan.
O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti Mehr-Shafqat xizmati Toshkent, Xovost, Andijon, Qo‘qon, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli bekatlarida istiqomat qiladigan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda ko‘p yillar mehnat qilib, keksalikda yakka-yolg‘iz qolib, yordamga muhtoj bo‘lib qolgan insonlarni o‘z qaramog‘iga olgan. Bugungi kunda jamiyat o‘z qaramog‘iga 398 nafar keksa, nogiron yakka yolg‘iz temiryo‘lchilarni olgan. Mehr-shafqat xizmatining hamshiralari doimiy ravishda ularning xolidan xabar olib, uy ishlarida yordam berib, o‘zi yura olmaydigan keksalarga kerakli narsalarini olib kelib berishadi. Tibbiy muolajalarini bajarishadi.
Yangi yil bayrami arafasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan keksa, yakka-yolg‘iz temiryo‘lchilarning boshi ko‘kka yetdi. O‘z minnatdorliklarini bildirib, duolar qilishdi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI