"O'zbekiston" lokomotiv deposida yangi taqdimot

Kuni-kecha "O'zbekiston" lokomotiv deposida Lokomotiv kompressorlarini ta'mirlash va lokomotiv detallarini tayyorlash hamda mexanik ishlov berish bo'limlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Korxonada ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda ishchi-hodimlarning samarali mehnat qilishlari uchun yanada sharoit yaratish maqsadida "O'zbekiston" lokomotiv deposi ВЛ80S, ВЛ60K elektrovozlarini joriy ta'mirlash sexida joylashgan lokomotiv kompressorlarini ta'mirlash va lokomotiv detallarini tayyorlash, mexanik ishlov berish bo'limining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tantanali ochilish marosimida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Texnik va texnologik nazorat boshqarmasi boshlig'i Karshiev O.K., Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig'i Baymanov B.A. hamda "O'zbekiston" lokomotiv deposi boshlig'i Maxamatov F.E qatnashdilar.

Lokomotiv kompressorlarini ta'mirlash bo'limi barcha zamonaviy talablarga mos ravishda kapital ta'mirdan chiqarildi. Bo'limda ishchilarning samarali mehnat olib borishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bo'limda lokomotiv kompressorlarini sinash stendi o'rnatilgan bo'lib, barcha ta'mirdan chiqqan komressorlar lokomotivlarga o'rnatilishdan oldin sinov stendida tekshiruvdan o'tadi.

                                                                                                                                                               Axborot-tahliliy media markazi
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI