Axborot: Talaba-oʻquvchilarga temir yo‘l kassalarida xizmat ko‘rsatish haqida

Xabaringiz bor, kuni kecha Oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar talaba-oʻquvchilari uchun 50 foizli chegirma muddati uzaytirilgani haqida eʼlon qilinganTaʼkidlash lozim, bugungi kunda Respublika bo‘yicha umumiy 34 ta temir yo‘l vokzallari mavjud bo‘lib, 7 yanvar holatiga ushbu vokzallarda 138 ta kassa terminallari va 276 ishchi-hodim talaba-o‘quvchilarning chiptalarini qayta rasmiylashtirish uchun jalb qilindi.

7 yanvar kuni davomida jami 9410 ta talaba-o‘quvchining chegirmali chiptalari tizimga (ASU-EKSPRESS) qaytarilgan. Sutka davomida 8487 ta temir yo‘l chiptasi talaba-o‘quvchilarga qayta imtiyozli chiptalar rasmiylashtirildi. Jumladan, Toshkent viloyati bo‘yicha 271 ta, Toshkent shaxri bo‘yicha 56 ta, Farg‘ona vodiysi bo‘yicha 1250 ta, Samarqand viloyati bo‘yicha 410 ta, Buxoro va Navoi viloyatlari bo‘yicha 1435 ta, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 814 ta, Surxandaryo viloyati bo‘yicha 935 ta, Xorazm viloyati bo‘yicha 1893, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 1423 ta.

8 yanvar xolatiga joylarda 145 ta (qo‘shimcha 7 ta) kassa terminallari ishga tushurildi va talaba-o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 350 nafar (qo‘shimcha 74) ishchi-hodim jalb qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan talaba-o‘quvchilarga imtiyozli chiptalarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida 20, 21, 22, 23, 24, 25 yanvar sanalariga Nukus – Toshkent poyezdiga 5tadan qo‘shimcha vagon ulab, 1620 ta qo‘shimcha joy bilan taʼminlash rejalashtirildi.

Xorazm viloyati talaba-shquvchilarini imtiyozi chiptalar bilan taʼminlash maqsadida Shovot –Toshkent, Xiva – Toshkent  poyezdlariga qo‘shimcha vagonlar 20, 21, 22, 23, 24 yanvar sanalariga  qo‘shimcha 2 tadan vagon ulab, 1080 ta qo‘shimcha joylar bilan taʼminlash rejalashtirildi.

Shuningdek, kassalardagi navbatni hamda tartibini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya, Ichki ishlar va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi hodimlari jalb qilindi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruv raisi v.b. X.N.Xasilov topshirig‘iga asosan markaziy “Shtab” tashkil etilib, talabalarni poyezddagi joylar bilan taʼminlash ishalari olib borilmoqda, chiptaxonlardagi vaziyat bo‘yicha xar 4 soatda videoselektor ko‘rinishida axborot olinmoqda, va kerakli topshiriqlar berilmoqda. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI