O‘zbekiston – Eron: Yuk tashish jarayonida samarali ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish

Tehronda xalqaro yuk tashish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yuk tashish jarayoni sohasida hamkorlikda samarali ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Jumladan, 2021-yilda Eron va O‘zbekiston temir yo‘llari orqali yuk tashish hajmi 2020-yilga nisbatan 2,6 baravarga oshdi. Tashuv hajmining oshishiga temir yo‘l transporti sohasida olib borilgan samarali ishlar, shuningdek, moslashuvchan tarif siyosati tufayli erishildi.

2022-yilda transport-tranzit yo‘laklarini yanada rivojlantirish, shuningdek, eksport, import va tranzit yuklarni multimodal shaklda tashish, shu jumladan, Eron dengiz portlaridan foydalanilgan holda.

Temir yo‘l transporti sohasidagi iqtisodiy, texnik, normativ-huquqiy va huquqiy masalalarni ko‘rib chiqish maqsadida qo‘shma Ishchi guruh tuzilishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Turkmaniston va Eron temir yoʻl liniyalari Eron dengiz portlari orqali Markaziy Osiyoning transport yoʻlaklarini Janubiy Osiyo va Fors koʻrfazi mamlakatlari bilan bogʻlaydi.

Axborot-tahliliy media markazi



0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI