Davra suhbati: Ogohlik va harakat xavfsizligi
"O'zbekiston" lokomotiv deposida xaftaning xar chorshanba kuni odatiy tarzda o'tkaziladigan "Harakat xavfsizligi kuni"ning bu galgi yig'ilishida transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti huquqbuzarliklar profilaktika xizmati hamda Toshkent mintaqasi temir yo'l transportida xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi mutassadi xodimlari ishtirokida bo'lib o'tdi.
Davra suhbati Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti huquqbuzarliklar profilaktika xizmati boshlig'i podpolkovnik D.Ashurov hamda Toshkent mintaqasining temir yo'l transportida xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari mayor S.Sharipov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari 2021 yil davomida temiryo‘l transportida sodir bo'lgan baxtsiz hodisalar to'g'risida yig'ilish qatnashchilariga ma‘lumot berib o'tdilar. Shuningdek, ushbu baxtsiz hodisalarning aksariyat qismi ijtimoiy tarmoqlarda “layk” ortidan quvishgan yoshlar ishtirokida sodir bo'layotganligi alohoda ta'kidlab o'tildi, bundan tashqari temir yo'l transportida xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida lokomotiv brigadalarga ma'lumot berib o'tildi.
Shundan so'ng yig'ilish ochiq muloqot tarzda davom etdi va lokomotiv brigadlari tomonidan temir yo'l kesishmalarida hamda temir yo'l hududlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo'yicha savol va takliflar berildi va mutassadi hodimlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berdilar.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI