Fevral: Rossiyadan O‘zbekistonga 2ta maxsus reysi tashkil etilmoqda
Jumladan, Voljskiy – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 483-sonli poyezd 18 va 25 fevral kunlari Moskva vaqti bilan soat 20:50da “Voljskiy” temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi.
Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida elektron chiptalarni sotish yo‘lga qo‘yilgan. Rossiyadagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining https://e-ticket.railway.uz veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, internet orqali hamyurtlarimizga jo‘natishlari ham mumkin.
IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI