
O‘zbekiston Respublikasi davlat o‘rta va oliy ta’lim muassasalari talabalari diqqatiga!
Ayni paytda, Navro‘z bayrami munosabati bilan 2022-yil 21-martdan 23-martgacha davlat o‘rta va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun elektron temir yo‘l chiptalarini xarid qilish sayti (https://chipta.railway.uz/uz/home) orqali barcha yo‘lovchi poyezdlarga chiptalar xarid qilish imkoniyati yaratilgan.
Endilikda talabalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-sonli Farmoniga asosan chiptalarning tarif qismidan kiritilgan bayram chegirmalar 15% ni tashkil etadi. “Afrosiyob” yuqori harakatlanuvchi poyezdlari uchun chiptalarning tarif qismidan kiritilgan bayram chegirmalar 10% ni tashkil etadi (ekonom vagon toifalariga faqat).
Buning uchun saytda chipta rasmiylashtirish jarayonida "Men talabaman" tugmasini bosishingiz kerak. Qo'shimcha ko'rsatmalar chiptani rasmiylashtirish vaqtida ko'rsatiladi (ilovadagi videoda ko‘rsatilgan).
MUHIM IZOH: Ko'rsatilgan chiptaning umumiy to'lov miqdori to‘lov tizim operatorlarining komissiyasini o'z ichiga olmaydi. UzCard va Humo kartalari uchun komissiya miqdori 2,5 foizini tashkil etadi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI