
Yo‘lovchilarga e'lon!
Xabar berganimizdek, yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan, yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, joriy yil 19–26-mart kunlari Toshkent – Samarqand – Toshkent yo’nalishi bo’yicha qo'shimcha yuqori tezlikda harakatlanayotgan “Afrosiyob” poyezdi qo’yiladi.
Shuningdek, yo'lovchilarga qulaylik yaratish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 19-, 20-, 21-, 22-, 23-mart kunlari Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida Shaxrisabz vokzaligacha 760/759-sonli yuqori tezlikda harakatlanayotgan “Afrosiyob” poyezdi yo‘lga qo‘yilmoqda.
IZOH: Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Belgilangan chegirmalar elektron chiptalarda rasmiylashtirilmaydi. Talaba yoshlar bundan mustasno.
Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI