Boshqarma kasaba uyushmasi hisoboti
O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Boshqarma kasaba uyushma qo‘mitasida 2021 yil yakunlari bo‘yicha bajarilgan ishlar xususida hisobot majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Jamiyat korxonalarida faoliyat ko‘rsatayotgan kasaba uyushma guruhi tashkilotchilari ishtirok etdi.
Tadbirda dastlab Boshqarma kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sh.Umarova so‘zga chiqib, Jamiyat kasaba uyushmasi tomonidan 2021 yilda rejalashtirilgan barcha ishlar muvaffaqiyatli bajarilganini aytib o‘tdi.
– Yil yakuniga qaraganda Kasaba uyushma a’zolari 2021 yilda 57 nafarga ko‘paydi, bu esa ishimizga yanada ko‘proq mas’uliyat bilan yondashishimizga to‘g‘ri keladi, – dedi Sh.Umarova. – Temir yo‘l xodimlari tomonidan turli xil masalalar bo‘yicha 4 ming 117 ta murojaat kelib
tushgan. Ular orasida moddiy yordam, dam olish maskanlariga yo‘llanmalar ajratishni so‘rab murojaat qilganlar soni talaygina. Quvonarlisi, mazkur murojaatlarning har biri ijobiy hal qilinib kelinmoqda.
Barkamol avlodni sog‘lom muhitda tarbiyalash maqsadida 205 ta yo‘llanma bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga ajratildi. Bundan tashqari, “Central Park” va “AnhorLokomotiv” istirohat bog‘lariga 2 ming 150 ta abonement bolajonlarga berildi. Temiryo‘lchilarning 1-sinfga qabul qilingan farzandlari uchun 200 dona o‘quv qurollari jamlanmasi xarid kilindi.
Ko‘hna va qadimiy Xiva shahriga ham 3 kunlik sayohat uyushtirildi va unda 114 nafar temiryo‘lchi xodim maroqli dam olishdi. Bundan tashqari, “Zomin”, “Xo‘jakent” dam olish maskanlarida 204 nafar xodim va ularning oila a’zolari hordiq chiqarishi uchun yo‘llanmalar ajratildi.
Turli xildagi tadbirlarda 120 nafar temiryo‘lchi xodimga esdalik sovg‘alari, 462 nafar xodimga esa moddiy yordam ko‘rsatilgan. Hisobot majlisi so‘nggida kasaba uyushma guruhi tashkilotchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi va joriy yilda rejalashtirilgan talab va takliflar ham bevosita ko‘rilib chiqildi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI