Andijon — Buxoro yo‘nalishidagi 391-sonli reys yo'lovchilariga e'lon!

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2022-yil 5-may kuni Fag‘ona vodiysida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti munosabati bilan Vodiyga barcha temir yo‘l qatnovlari bekor qilindi va Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishdagi poyezdlar harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.

Bugun belgilangan poyezdlar harakati jadvaliga koʻra Andijon — Buxoro yoʻnalishidagi 391-sonli poyezd soat 14:00 da harakatlanishi kerak, lekin, Farg‘ona vodiysi bilan temir yo‘l aloqasi uzilib qolganligi sababli, ushbu reys Toshkentdan tashkillashtirildi. Ya’ni, Toshkentdan Buxoroga va ushbu yo‘nalish bo‘ylab yo‘l olgan yo‘lovchilar uchun poyezd belgilangan vaqtda jadvalga muvofiq harakatlanadi. “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzalidan bugun, 5-may kuni, soat 21:42 da  jo‘naydi.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI