60/59-sonli yo‘lovchi poyezdi reyslari vaqtincha to‘xtatiladi!
Fag‘ona vodiysida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilganligi bois, poyezdlar harakat xavfsizligini hamda yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ertaga 2022 yil 6 may kuni, Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati vaqtincha, ya’ni bir kunga to‘xtatiladi. Yo‘lovchilarga xarid qilingan chiptalari 100 foiz mikdorda qaytarib beriladi.
Shuningdek, vodiy viloyatlarida harakatlanadigan elektropoyezdlar harakat jalvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.
IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI