Andijon — Xiva yo‘nalishidagi 654-sonli reys yo'lovchilariga e'lon
Avval xabar berganimizdek, bugun, 2022-yil 6-may kuni Fag‘ona vodiysida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti munosabati bilan Vodiyga barcha temir yo‘l qatnovlari bekor qilindi va Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishdagi poyezdlar harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.
Bugun belgilangan poyezdlar harakati jadvaliga koʻra Andijon — Xiva yoʻnalishidagi 654-sonli poyezd soat 08:28da harakatlanishi kerak, lekin, Farg‘ona vodiysi bilan temir yo‘l aloqasi uzilib qolganligi sababli, ushbu reys Toshkentdan tashkillashtirildi. Ya’ni, Toshkentdan Xivaga va ushbu yo‘nalish bo‘ylab yo‘l olgan yo‘lovchilar uchun poyezd belgilangan vaqtda jadvalga muvofiq harakatlanadi. “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzalidan bugun, 6-may kuni, soat 15:30 da jo‘naydi.
IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI