Hayriya tadbirlari
Yurtimizda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor xalqimiz o‘rtasida mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ramazon hayiti hamda 9-chi may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti qaramog‘idagi 384 nafar yakka-yolg‘iz temiryo‘lchi nafaqaxo‘rlar va nogironlarning holidan xabar olinib, ularga beg‘araz yordam berish bilan bog‘liq xayriya tadbirlari amalga oshirildi.
Har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan mazkur xayriya tadbiri joriy yilda Toshkent shahri hududidan boshlanib, tashkilot qaramog‘idagi ehtiyojmandlar holidan xabar olish va manzilli moddiy yordamni topshirish maqsadida mas’ullar bilan Mirobod, Shayxontohur, Yakkasaroy tumanlariga tashrif buyurildi.
Qolgan 10 ta hududlarga ajratilgan xayriyalar poyezdlarda manzillari tomon jo‘natilib, hududlardagi “Mehr-shafqat” hamshiralari tomonidan manzilli yetkazib berildi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI