“O‘zbekiston” lokomotiv deposida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b X.Xasilovning 2022 yil 14 apreldagi “Seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish to‘g‘risida” gi 323-N-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda respublikamizda, shuningdek, temir yo‘l tizimida sodir bo‘layotgan baxtsiz yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida “O‘zbekiston” lokomotiv deposida seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Seminar avvalida barcha ishtirokcilar “O‘zbekiston” lokomotiv deposida avtotransport vositalaridan unumli foydalanilayotganligi, ularni o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazilib ta’mirlanayotganligi, transport vositalariga GPS kuzatuv qurilamalarni o‘rnatilganligi, yagona kuzatuv monitoring tizimini kompyuter tarmog‘iga ulash hamda ushbu tizimni uzluksiz nazorat qiluvchi mutaxasislar bilan doimiy axborot almashinuvi jarayonida zamonaviy kompyuter moslamalari bilan jihozlanganligi, shuningdek, tubdan ta’mirlangan avtoturgoh binosida haydovchilar uchun barcha qulay shart-sharoitlarning yaratilganligi bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, avtotransport vositalari hamda og‘ir yuk mashina va texnikalari mavjud bo‘lgan tashkilot va korxonalarda transport sohasi bo‘yicha barcha sharoitlarni yaratilishi lozimligi va haftaning har chorshanba kuni “Harakat xavfsizligi kuni” sifatida haydovchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlari muntazam tashkil etilishi va har bir haydovchi ish boshlashdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tish shart ekanligi, shuningdek, nosoz texnikani ta’mirlash masalalarini tashkillashtirish va uzoq muddat foydalanish natijasida yaroqsiz holatga kelib qolganlarni tubdan ta’mirlash yoki hisobdan chiqarish masalalari yuzasidan tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida takliflar kiritib borilishi aytib o'tildi.

Seminar davomida  so‘zga chiqqanlar tomonidan so‘nggi yillarda respublikamizda  yo‘l transport hodisasi sonining kun sayin ortib borayotgani, temir yo‘l tizimida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarning yo‘l harakati qoidalari  bo‘yicha bilim va tafakkurlarini oshirish hamda ularni yaqin uch yillikda sodir bo‘lgan o‘lim holatlari, bu jarayonda baxtsiz hodisalarga qanday qilib yo‘l qo‘yilganligi haqida batafsil ma'lumot berishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va boshqa Vazirliklar tomonidan qarorlar, buyruqlar va nizomlar tasdiqlangan bo‘lib ularning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali haydovchi va yo‘lovchilarni  huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish borasida qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashinildi. Mavzuga doir maxsus tayyorlangan videoroliklar orqali  ogohlikka chorlandi.

Uchrashuv so‘nggida tadbir ishtirokchilari transport sohasida o‘zlarini shu kungacha qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklar hamda yechimini topishi lozim bo‘lgan masalalar  yuzasidan mutasaddi rahbarlardan javob olishlari  barobarida mutaxassislar bilan o‘zaro fikr almashdi.



Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI