Yo‘l bolalar shifoxonasida bayram tadbiri o‘tkazildi

1 iyun - “Xalqaro bolalarni himoya kilish kuni” munosabati bilan "Ko‘ngil ko‘zi" shiori ostida Yo‘l bolalar kasalxonasida bolajonlar uchun bayram tadbiri o‘tkazildi. 

Bayram tadbirida kasalxonada davolanayotgan 66 nafar bemor bolajonlar, ularning onalari, O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti xodimlari va tibbiy xodimlar ishtirok etishdi. Tadbirga Temiryo‘lchilar Madaniyat saroyi qoshidagi  «Serpantinki» bolalar ashula va raqs guruhi hamda sanʼatkorlari tashrif buyurishdi. 

Bolajonlar uchun quvnoq qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Albatta bolalar bayramini  sovg‘asiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tomonidan davolanayotgan temiryo‘lchilar farzandlariga bayram sovg‘alari tarqatildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI