Hurmatli yo'lovchilar!

2022-yil 5-iyundan boshlab Olmaota-Toshkent-Olmaota  yo’nalishida1/2-sonli "Tulpor Talgo"  tezyurar poyezdlariga chiptaning tarif qismidan (chipta va ajratilgan platskartning narxiga) quyidagi miqdorlarda chegirmalar taqdim etiladi.

Biznes va Grand PMR vagonlarda:

70% - poyezd jo'nab ketgunga qadar 45 dan 30 kungacha bo'lgan davrda chiptalarni sotish sharti bilan;
70% - poyezd jo'nab ketgunga qadar 29 dan 15 kungacha bo'lgan davrda chiptalarni sotish sharti bilan;
60% - poyezd jo'nab ketgunga qadar 14 dan 6 kungacha bo'lgan davrda chiptalarni sotish sharti bilan;
40% -chiptalarni poyezd jo'nashidan oldin 5 kun yoki undan kamroq vaqt ichida sotish sharti bilan.

Turistik vagonlarda:

70% - poyezd jo'nab ketishidan 45 kundan 30 kungacha bo'lgan davrda chiptalarni sotish sharti bilan;
65% - poyezd jo'nashidan 29 dan 15 kungacha bo'lgan davrda chiptalarni sotish sharti bilan;
60% - poyezd jo'nab ketishidan 14 kundan 6 kungacha bo'lgan davrda chiptalarni sotish sharti bilan;
50% - poyezd jo'nashiga 5 kun yoki undan kamroq vaqt ichida chiptalarni sotish sharti bilan.

O’rindiqli vagonlarida:

65% - poyezd jo'nab ketishidan 45 kundan 30 kungacha bo'lgan davrda chiptalarni sotish sharti bilan;
60% - poyezd jo'nab ketishidan 29 dan 15 kungacha bo'lgan davrda chiptalarni sotish sharti bilan;
50% - poyezd jo'nab ketishidan 14 kundan 6 kungacha bo'lgan davrda chiptalarni sotish sharti bilan;
 40% - poyezd jo'nashiga 5 kun yoki undan kamroq vaqt ichida sotish sharti bilan. 

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI