OTB va ОIIB: Temir yo'lda amalga oshirilayotgan qo'shma loyihalar bo'yicha uchrashuv bo’lib o’tdi

Shu kunlarda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif dourasida asosiy e'tibor temir yo'l sohasi, uning yutuqlari va ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanish istiqbollariga qaratildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Boshqaruv raisi v.b. X.Xosilov ishtirokidagi muzokaralarda qo'shma loyihalar, O'zbekistonda temir yo'l sohasini rivojlantirish va mavjud imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Аmalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, O‘zbekiston temir yo‘llarining kelajakdagi rivojlantirish omillariga alohida e’tibor qaratildi.

Mehmonlar OTB bilan hamkorlikdagi temir yo‘l sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish darajasini yuqori baholadilar. Xususan, Angren — Pop — Qo‘qon — Andijon va Buxoro — Urganch — Xiva temir yo‘l liniyalarini elektrlashtirish loyihalari amalga oshirish borasida alohida ta’kidlandi.

Tashrif davomida Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida amalga oshirilayotgan joriy infratuzilma loyihalari bilan yaqindan tanishish maqsadida delegatsiya a’zolari Angren — Pop — Qo‘qon — Andijon hamda Buxoro — Urganch — Xiva temir yo‘l liniyalariga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Shuningdek, shu kunlarda Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (ОIIB) delegatsiyasi tashrifi ham kutilmoqda.  Kun tartibiga OTB delegatsiyasi bilan birgalikda Buxoro — Urganch — Xiva temir yo‘l liniyasiga tashrif buyurishi kiritilgan. Qayd etish joiz, mazkur loyihada Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki  investitsiyalari ham ko‘zda tutilgan.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI