O‘zbekistondan/ga Rossiya Federatsiyasiga/dan yo‘lovchi poyezdlar harakatining ochilishiga oid sharh
Shu kunlarda bir qator elektron ommaviy axborot vositalari tomonidan xorijiy OAV xabarlariga qayta va qayta asoslanib O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga yo‘lovchi poyezdlar qatnovi tiklanishi haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqda.
Eslatib oʻtamiz, mamlakatimizda temir yoʻl transportida yoʻlovchi tashish “Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ tomonidan tashkil etilib, “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyati Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi temir yo‘l ma’muriyatlari bilan birgalikda poyezdlar harakat jadvalini tashkil etish va harakat tarkiblarni shakllantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Yo’lovchi tashishlarning xalqaro Kelishuvlariga asosan amalga oshiriladi. Hozirda, 06.10.2022 y. holatiga, ushbu masalaning muhokamalari yakuniy bosqichida.
Shu sababli, yuqorida qayd etilganlar asosida, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi xalqaro yo’lovchi poyezdlar yo‘nalishlari, chiptalar savdosi hozircha amalga oshirilmayotganini ma’lum qilamiz!
Rossiya Federatsiyasiga temir yo'l transporti harakatini tayinlash to'g'risidagi xabar va barcha masalalar ishlab chiqilgandan so'ng darhol e'lon qilinadi. Buning uchun, "O'zbekiston temir yo'llari" AJning rasmiy axborot manbalari (veb-sayt), verifikasiyadan o‘tgan Telegram kanali, ijtimoiy tarmoqlardagi Facebook va Instagram sahifalari)da kuzatib boring.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI