“Transport haftaligi”: Temir yo‘l va innovatsiyalar

Shu kunlarda Toshkent shahrida “Transport haftaligi: Ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiyalar vazirligi hamda Transport vazirligi hamkorlikda tashkil etildi.

Mazkur tadbirda mamlakatimizning boshqa transport sohasidagi qator tizimlar bilan birga “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati ham ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar temiryo‘lchilarning transport xizmatlari bozorida temir yo‘l tuzilmasini rivojlantirish borasida innovatsion g‘oyalari va ratsionalizatorlik takliflari bilan tanishishlari mumkin.

Ma’lumki, yuk tashish hajimlarini oshirish, yo‘lovchi tashish xizmatini yanada muvofiqlashtirish, temir yo‘llarda xavfsizlikni va poyezdlar qatnovi ishonchliligini ta’minlash temir yo‘ldagi innovatsion g‘oyalarning asosiy mavzusidir. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ko'rgazma stendida mazkur yo‘nalishlarni rivojlantirishga qaratilgan quyidagi innovatsion g‘oyalar taqdim etilgan: “Induksion pech yordamida sintetik quyma cho‘yan olish texnologiyasi”, “Smart depo”, “Railway observer”, “Dizel – generator suv moy tizimi xaroratini avtomatik tarzda elektron nazorat qilish”, “Temir yo‘l tizimi uchun mahalliy sharoitda maxsus fonarlar ishlab chiqarish”, “Temir yo‘l bekatlarida avtomatlashtirish qurilmalarini mikroprosessorli boshqaruv tizimiga o‘tkazish” va boshqalar.

Ko‘rgazmada mehmonlar temir yo‘l texnikasining maket eksponatlari bilan ham tanishishlari mumkin. Mazkur tadbir joriy yilning 17-iyuniga qadar davom etadi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI