Rossiya Federatsiyasining Volgograd shahriga ham yo‘lovchi poyezdlarning harakati qo‘yilmoqda

2022-yil 25-iyundan boshlab 324/323-sonli “Toshkent – Volgograd – Toshkent” yo’nalishlarida yo‘lovchi poyezdining harakati boshlanadi.

324/323-sonli “Toshkent – Volgograd – Toshkent” yo’nalishlarida yo‘lovchi poyezd haftaning shanba kuni soat 23:58da “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan jo'nab ketadi va seshanba kuni soat 09:56da Rossiya Federatsiyasining “Volgograd” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi. Volgograddan esa seshanba kuni soat 19:59da jo‘nab ketib, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga juma kuni soat 06:54da yetib keladi.

Ma'lumot uchun: Toshkentdan Volgogradgacha temir yol orqali bo‘lgan bo‘lgan masofa 2996 km.ni tashkil etadi. Poyezd 60 soat davomida harakatlanadi. 324/323-sonli “Toshkent – Volgograd – Toshkent” yo’nalishlarida yo‘lovchi poyezd 11 ta vagondan iborat: 3 kupe, 7 platskart va vagon-restoran.

Chipta narxi to‘g‘risidagi ma'lumotni, sotuv muddatiga qarab chegirmalarni hisobga olgan holda, www.chipta.railway.uz, www.e-ticket.railway.uz saytlari orqal bilib olish mumkin (Eslatib o‘tamiz, elektron chipta sotib olish arzonroq bo‘ladi, negaki kassa badali to‘lanmaydi).

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI