“Navro‘z” etno-bog‘ida “Yarim soat ichida jannatmakon O‘zbekiston bo‘ylab sayr” tadbiri bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida “Yarim soat ichida jannatmakon O‘zbekiston bo‘ylab sayr” nomli sayohat uyushtirildi.
Tadbir poytaxtimizda joylashgan «Navruz» etno-bog‘i maʼmuriyati tomonidan tashkil etilib, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan sayyohlik firma masʼullari, xorijiy turistlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Taʼkidlash joiz sehrli sayohatga chorlovchi mazkur loyihaning ilk namoyishi 15 iyun kuni start oldi hamda butun turizm mavsumi davomida uzluksiz davom etishi ko‘zda tutilgan.
Bog‘ maʼmuriyati tomonidan yurtimiz qadriyatlari, boy madaniy meros, musiqiy ijro sanʼati, urf odatlari hamda boy o‘tmishli tarixi nafaqat so‘zlab berish balki tashrif buyuruvchilarga bularni jonli namoyish etish tadbirlari tashkil etildi. Bularni barchasini o‘zida mujassam etuvchi makon esa, etnik xilma-xilligini o‘zida aks ettirgan «Navruz» bog‘idan aʼloroq hudud bo‘lmasa kerak yurtimizda. Darhaqiqat, “Yarim soat ichida jannatmakon O‘zbekiston bo‘ylab sayr” tadbiri mehmonlari “Koinot va yerni bog‘lovchi majoziy darvoza” oldidan boshlagan sayohatlarni Surxondaryo hududida qadimgi Baktriya va baxshichilik sanʼati bilan jonli ijrosi bilan tanishdilar, Samarqand karvonsaroyida meʼmorchilik va buyuk ipak yo‘li haqidagi maʼlumot tingladilar, hunarmandlar mahorat darsi va ularning ijod namunalari bilan yaqindan tanishdilar, Toshkent xonadonlarida “Kelin salom” va “Alla aytish” marosimlariga guvoh bo‘lishdi, Xorazmlik kulolchilik va raqs sanʼatidan zavq olishdi, “Labi hovuz” maydonida milliy sport turimiz bo‘lgan kurash haqida maʼlumot oldilar, shuningdek “Buvijonlar” folklor ansanbli ishtirokidagi konsert tinglandi.
Qayd etish joiz, milliylik va zamonaviylik ruhini o‘zida mujassam etgan «Navruz» etno-bog‘i — ochiq osmon ostida joylashgan haqiqiy muzey sifatida yurtimiz aholisi hamda sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otishi, shubhasiz. Bog‘ ichida joylashgan etnografik shaharchada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va yurtimiz barcha viloyatlar nomlari bilan ataladigan ko‘chalar va qadimiy uslubda uylar bunyod etilib, har bir hududning o‘ziga xos anʼanalari, hunarmandchiligi, turmush tarzi aks ettirilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Navro‘z” etno-bog‘i, O‘zbekiston Prezidentning 07.08.2017 yildagi PQ – 3174-son “Toshkent shahrida “Navro‘z” bog‘i qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan qurilgan.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI