Tadbirkorlar diqqatiga!

Vagonlarni qo‘yib berish va olib chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Nizomining 43-moddasiga muvofiq vagonlarni shoxobcha yo‘llariga qo‘yib berish va olib chiqish uchun yangi stavkalarni 2022 yil 15 iyuldan amal qilishi to‘g‘risida maʼlum qiladi. Jumladan:

-  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli lokomotiv bilan temir yo‘lga tegishli bo‘lmagan shoxobcha yo‘llariga;

-  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli lokomotiv bilan temir yo‘lga tegishli shoxobcha yo‘llariga.

Mazkur yangi stavkalar to‘g‘risida batafsil maʼlumotni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy saytida hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tarif stansiyalarida tanishib chiqishingiz mumkin.

Axborot-taxliiy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI