“Qarshi” MTU: Temir yo‘lda xavfsizlikni taʼminlash borasida faol ish olib bormoqda

Bugun, 2022 yil 13 iyul kuni «G‘uzor» va «Toshg‘uzor» stansiyalarida yo‘lovchi va yuk poyezdlarining xavfsiz va uzluksiz harakatlanishini tashkil etish maqsadida “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasida nazorat ishlari tashkil etildi. Taʼkidlash joizki, bunday tadbirlar “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari” ichki buyruqqa asosan o‘tkazilmoqda.
 
Safar davomida  «G‘uzor» va «Toshg‘uzor» stansiyalardagi  strelkali o‘tkazgichlar, elektr tarmoqlari, svetoforlar va texnik hujjatlarni yuritish holati birma-bir ko‘zdan kechirildi.
 
Bundan tashqari, "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UK rahbariyati ish joylarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, poyezdlar harakati xavfsizligi qoidalarini taʼminlash, joylarda mehnat muhofazasiga rioya qilish va xavfsizlik qoidalari talablari bajarilishi tekshirildi. Shuningdek, joylarda texnik vositalarning belgilangan talablarga muvofiqligini nazorat qilindi va stansiyalar hududini obodonlashtirish ishlari amalga oshirilayotgani ko‘zdan kechirildi.
 
Tadbir so‘ngida har bir xodimga kamchiliklarni bartaraf etish va mazkur uchastka faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI