TDTU: Bitiruvchilar ish bilan ta'minlandi
Toshkent davlat transport universitetida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga bag‘ishlangan “Karyera-2022” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Shu kunga qadar Toshkent davlat transport universiteti tomonidan yirik kompaniya, klaster va boshqa korxonalar bilan talabalar bandligini ta’minlash borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Transport vazirligining 2022 yil 1 martdagi 38-sonli buyrug‘i asosida transport sohasidagi tashkilot va korxona rahbarlari va talabalar o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazish yuzasidan jadval tasdiqlangandi.
Unga ko‘ra transport sohasidagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli 10 ta korxona, “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli 7 ta korxona, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 30 ta korxona, “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.
Shuningdek, joriy yildan boshlab, “Enter Engineering”, “Discover Invest”, “Yangi Zamon”, “Artel” korxonalari, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatlari bilan ham samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, joriy yilda universitetni bakalavr kunduzgi shakli bo‘yicha 2 ming 320 nafar, magistratura yo‘nalishida 346 nafar bitiruvchi bitirishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 1 ming 653 nafar bitiruvchilarga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar taqdim etildi.
Bu borada “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxona va zavodlarda 836 nafar bitruvchi ish bilan ta’minlandi. Bu bitiruvchilarning yarmidan ko‘prog‘i temir yo‘l tizimida faoliyat yuritishlari uchun keng imkoniyat yaratildi, deganidir.
Hozirgi kunda mavjud vakant o‘rinlarga bitiruvchi talabalar yo‘naltirilib, ularni ish bilan ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI