
Kasaba uyushmalari faoliyatidan
O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va uning hududlardagi kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan temiryo‘lchilarni, ularning farzandlari hamda nafaqadagi kasb egalarini ijtimoiy hayotiga har doim e’tibor qaratib kelinadi.
Respublika Kengashi tomonidan turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan temiryo‘lchilarni xavfsizligi, sog‘ligi, ijtiimoiy holatiga katta e’tibor qaratiladi. Xususan, sohaning ilg‘or kasb egalari muntazam moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilmoqda, ularning farzandlariga ham bayram kunlarida turli moddiy va ma’naviy imtiyozlar berilmoqda, tarmoqning tibbiyot muassasalaridan muntazam foydalanishmoqda. Yoz mavsumida bolalar oromgohlariga yo‘llanmalar berilyapti.
Ijtimoiy himoyaga muxtoj ishchi-xodimlar, pensioner va faxriy kasaba uyushma faollari ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi.
2022 yil ishchilarni ijtimoiy himoya qilish, ularning sog‘lig‘ini tiklash uchun bugunga qadar sanatoriylarga yo‘llanmalar ajratildi.
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan faxriy temiryo‘lchilarga hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, ularning xonadonlariga borildi. Aksiyadorlik jamiyati tizimidagi barcha korxonalar byudjeti mablag‘lari hisobidan Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga 10 (o‘n) million so‘m, front orti mehnat faxriylariga 5 (besh) million so‘m miqdorida pul hamda oziq-ovqat to‘plami, guldasta va tabriknoma bilan homiylik yordamini ko‘rsatildi.
Toshkent shahrida barpo etilgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi hamda viloyatlardagi muzeylarga korxona, tashkilot va muassasalar xodimlarining tashriflari tashkil etildi. Ishlayotgan pensionerlar hamda nuroniylarni mahalliy ziyoratgohlarga, respublikaning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohat amalga oshirildi. Korxona, tashkilot va muassasalardagi “Faxriylar kengashi” ning a’zolari bo‘lgan mehnat faxriylari uylariga borib holidan xabar olinib, faxriylar jamoadagi tadbirlarga taklif etilib, yosh xodimlar bilan uchrashuv tashkil kilindi. Mehnat jamoalarida faxriylar o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, badminton turlari bo‘yicha musobaqalar hamda yoshlar o‘rtasida “Xotira turniri” o‘tkazildi.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan turli bayram tadbirlar tashkil etildi hamda ijodiy tanlovlar o‘tkazildi. Tanlovda sport, rasm chizish, san’at yo‘nalishlarida g‘olib bo‘lgan temiryo‘lchi farzandlari diplom, kitoblar to‘plami va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Qibray”, “Yangi Avlod”, “Burchi-mullo”, “Do‘stlik”, “Temiryo‘lchi”, “Alovuddin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida hamda Qo‘ng‘irot sanatoriy-profilaktoriy qoshidagi oromgohda joriy yilning birinchi yozgi mavsumida 7-14 yoshdagi bolalar sog‘lomlashtirildi.
Mavsum davomida oromgohlarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘z vaqtida to‘liq ta’minlash maqsadida, tegishli lisenziya va sifat sertifikatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi-ta’minotchilar bilan hamkorlik qilish va shartnomalar tuzish ishlari olib borilmoqda.
Xulosa qilib aytish mumkinki,O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi faoliyat sohasi , ko'p tarmoqli va zamon talablaridan kelib chiqqan holda rivojlanishda davom etmoqda. Xususan, bolalik va onalikni ijtimoiy himoya qilishgacha, sog'lomlashtirish, ish bilan ta'minlash masalalarini tartibga solish kabi yo'nalishlarni qayd etish mumkin.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI