“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ va “Turkmanboshi xalqaro dengiz porti” memorandum imzoladi

Ma’lumki, ayni kunlarda Turkmaniston poytaxtida Xalqaro transport forumi bo‘lib o‘tmoqda, tadbir doirasida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Turkmanboshi xalqaro dengiz porti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Tomonlar mavjud xalqaro multimodal transport yo‘nalishlaridan foydalangan holda yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha tranzit salohiyatidan samarali foydalanishning eng  optimal variantlarini o‘rganish maqsadida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
                                             
Ta’kidlash joizki, imzolangan Memorandum doirasida tomonlar kelgusida hamkorlik qilish uchun barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishga kelishib oldilar. 

Xususan, Turkmaniston tomoni  xizmatlar ro‘yxati va ularning narxi, preferensiyalar, imtiyozlar va boshqa ma’lumotlarni taqdim etishga kelishib oldilar. O‘zbekiston yuk egalarini ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxati va narxlari haqida xabardor qilish maqsadida “O‘ztemiryo’lkonteyner” AJ rasmiy veb-saytida rus va ingliz tillarida joylashtirish rejalashtirilgan. 

Ushbu ikki kunlik mazkur transport anjumanidan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqaro tashishlarning dolzarb masalalarini muhokama qilish va ikki tomonlik hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI