Hurmatli shaxtyorlar va «Sharg‘unko‘mir» aksiyadorlik jamiyati xodimlari!
Avvalo, siz, azizlarni – mohir ishchi, xizmatchilar va shaxtyorlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, barcha temiryo‘lchilar hamda shaxsan o‘z nomimdan kasb bayramingiz – “Shaxtyorlar kuni” bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Shuni taʼkidlab o‘tish lozimki, mamlakatimizda har yil avgust oyining uchinchi yakshanbasi anʼanaviy tarzda “Shaxtyorlar kuni” sifatida keng nishonlanishi, Siz shaxtyorlarga bo‘lgan eʼtibor va hurmatdan dalolat beradi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 yanvardagi tegishli qarorlariga asosan «Sharg‘unko‘mir» aksiyadorlik jamiyatini yiliga 900 ming tonna ko‘mir qazib olish quvvatiga yetkazish maqsadida modernizasiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng 1015 nafar ishchi o‘rin yaratiladi, shuningdek, O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan ko‘mir qazib olish texnologiyasiga ega bo‘lgan korxona sifatida faoliyat yuritib, Respublikamizning barcha hududlarida, hamyurtlarimiz va yirik sanoat korxonalari ehtiyojlari uchun hamda eksport yo‘nalishlarda bebaho boylik bo‘lishini hammamiz yaxshi bilamiz.
Ko‘mir qatlamidan kon lahmlarini qazib olish orqali loyiha amalga oshirilayotgan davrda jami 100 mingga yaqin tonna toshko‘mir qazib olinganligi siz shaxtyorlarni o‘z ishini mohiri ekanligini isbotlaydi.
Sizning hamjihatligingiz, matonatingiz va maqsadga intiluvchiligingiz butun dunyoda xaridorgir bo‘lgan yuqori sifatli ko‘mir qazib chiqarishda salmoqli marralarni zabt etish imkonini beradi. Ushbu bayram kuni sizni nafaqat tabriklashga, balki yuqori professionalligingiz va fidoyiligingiz uchun minnatdorchilik bildirishga ijozat bergaysiz!
Aziz shaxtyorlar!
Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan tabriklab, sizlarga va oila aʼzolaringizga xotirjamlik, tinchlik, mustahkam sog‘lik, ertangi kunga ishonch, eng dadil g‘oya va rejalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar, baxt va farovonlik tilayman!
“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ
boshqaruvi raisi v.b.
X.N.Xasilov
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI