QMZ: Tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi yarmarkasi

Bugun, 2022-yil 29-avgust kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tasarrufidagi "Quyuv-mexanika zavodi" ShKda tadbirkor, ishlab-chiqarish va sanoat soha vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida Tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi yarmarkasi bo'lib o'tdi. Unda korxonaning ishlab chiqarish salohiyati, uning yutuqlari va rivojlanish istiqbollari keng namoyish etildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan tashrif buyurgan mehmonlar, Transport vazirligi rahbariyati, Transport prokuraturasi, shuningdek, Rossiya, Belorusiya, Qozog'iston va Xitoy kabi mamlakatlarning sanoat va ishlab chiqarish korxonalari hamda xalqaro kompaniyalari mutasaddilari ishtirok etishdi.

Yarmarkaning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Transport vazirining o'rinbosari A.Mo'minov so'zga chiqib, barcha mehmonlarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga qiziqish bildirgani uchun minnatdorchilik bildirdi, shuningdek, mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarish sektorida maxsulotlarni mahalliylashtirish va bu borada olib borilayotgan hamkorlikning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov mehmonlarni zavod faoliyati, uning sexlari (ustaxonalari) va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi bilan tanishtirib o‘tdi.

— "O'zbekiston temir yo'llari" AJ ehtiyojlari uchun import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-yanvardagi "Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-99-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ushbu zavodda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha 30 dan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda, — deydi X.Hasilov. — Hozirgi vaqtda korxona 200 dan ortiq import o'rnini bosuvchi tayyor mahsulotlar, ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni o'zlashtirdi.

Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar va ommaviy axborot vositalari vakillariga "Quyuv-mexanika zavodi" ShKning asosiy faoliyati haqida gaporilar ekan, vagonlarga ortib borayotgan talabni qondirish, ularni ishlab chiqarishda importga bog'liqlikni bartaraf etish uchun qator turdagi yuk vagonlarni ishlab chiqarish, quyish zavodini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish, butlovchi qismlar importini kamaytirish haqida so‘zlab berildi.

Ta'kidlanishicha, bugungi kunda korxonada 1500 nafarga yaqin ishchi-xizmatchi ishlaydigan 26 ta asosiy sexlarda ishlaydi. Korxonada xalqaro standartlarga muvofiq ISO-9001 sifat menejmenti tizimi va ISO-50001 energiyani boshqarish tizimi joriy etilishi alohida ahamiyatga ega.

— Korxonada 2011-2013 yillarda quyuv ishlab chiqarish jarayonlarni rekonstruktsiya qilish, yuk vagonlarini ta'mirlash bazasini rivojlantirish, yangi vagonlar qurishni tashkil etish, 2017 yilda esa asosiy ishlab chiqarish faoliyatini modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirildi, — deydi "Quyuv-mexanika zavodi" DP direktori K.Rashidov. — Buning natijasida zamonaviy energiya tejaydigan texnologik liniyalar, texnika va quyuv jarayonlarni amalga oshiradigan mashinalari sotib olindi va ishlab chiqarishga joriy etildi. Bugungi kunga kelib, zavod kengayib, yangi imkoniyatlarga erishdi. So'nggi besh yil ichida moddiy-texnik baza mustahkamlandi, ustaxonalarda zamonaviy dastgohlar o'rnatildi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati yaxshilandi, yangi tafakkurga ega yosh va salohiyatli kadrlar yig'ildi va ularning malakasi oshirildi. Bu samaradorlikni oshirish va yangi ish o'rinlarini yaratish uchun yaxshi asos bo'ldi.

Ekskursiya davomidada mehmonlar turli xil metall konstruktsiyalar, temir yo'llarni ta'mirlash uchun zarur bo'lgan ehtiyot qismlar, yo'lovchi vagonlari uchun butlovchi qismlar, turli xil uskunalar va nostandart konstruktsiyalar, qishloq va suv xo'jaliklari buyurtmalariga asoslangan qurilmalar, jami 400 dan ortiq ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bilan bevosita tanishdilar.

Mehmonlarga korxonaning muhim "bo'g'inlaridan" biri - Markaziy Osiyodagi yagona bo‘lgan Quyuv sexi katta g'urur bilan taqdim etildi. Bu erda Germaniyaning zamonaviy texnologiyalari asosida quyuv ishlab chiqarish jarayonlari amalga oshirilayotgani bilan yaqindan tanishdirildi.

Yuk vagonlari uchun butlovchi qismlar bilan shug'ullanadigan rossiyalik kompaniyalaridan birining asoschilari yarmarka haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdilar.

— Biz ushbu zavodda ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlardan foydalanishga qiziqishimiz bor, — deydi Dmitriy Shpadi. — Shunga o'xshash yarmarkalarda tajriba almashish, yangi imkoniyatlarni o‘rganish va ochish, ishlab chiqarishni keyingi bosqichga ko'tarish va birinchi navbatda o'zaro hamkorlikni o'rnatishni qo'llab-quvvatlash uchun muhim rol o‘ynaydi. 

Shuni ta'kidlash kerakki, "Quyuv-mexanika zavodi" ShK o‘z oldiga qo'shni davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek eksport salohiyatini oshirish bo'yicha katta vazifalarni qo'yadi. Yaqin kelajakda jahon standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish, xalqaro darajasiga erishish bilan raqobatbardoshlikka erishish va yangi ish o'rinlarini yaratish rejalashtirilgan.

Tadbir davomida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar, chet ellik mehmonlar bilan suhbatlashdilar. "Quyuv-mexanika zavodi" ShKda bo'lib o'tayotgan Tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi yarmarkasi ertaga ham o'z ishini davom etadi. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI