
Temir yo'llarda ichki turizm va keshbek
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joriy yil 1-sentabrdan boshlab ichki turizmni qo'llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, “O‘zbekiston buylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublikamiz hududlari bo‘ylab sayohat qilish uchun xarajatlarning bir qismini keshbek shaklida qaytarish tartibi belgilandi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo‘lovchilarining ichki qatnovi uchun yo‘l xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida chipta.railway.uz elektron chiptalarni xarid qilish sayti takomillashtirildi va yangilandi. Endilikda ONE-ID orqali tizimda (saytda) ro‘yxatdan o‘tgan yo‘lovchi, xarid qilingan elektron chipta summasiga ball ko‘rinishida keshbek belgilanadi. Masalan, chipta.railway.uz sayti orqali yo‘lovchi poyezdga, deylik 100 000 so‘mga elektron chipta xarid qilsa, yo‘lovchi hisobiga ushbu mablag‘dan 2000 ball qo‘shiladi. Bunda, 1 ball 1 so'mga teng. Shunday qilib umumiy ballar yig'indisi kerakli summada yig'ilsa, keyingi safar ballarni chipta sotib olish uchun ishlatilishi mumkin.
Keshbek haqida batafsil maʼlumot chipta.railway.uz saytining “Sodiqlik dasturi” boʻlimida taqdim etilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida qator bosqichma-bosqich ishlar davom etmoqda. Jumladan, bugungi kunda chipta.railway.uz saytida chiptalarni onlayn xarid qilish jarayonida yo'lovchilar vagon turi, o‘rindiqning joylashuvi, konditsioner tizimi mavjudligi yoki yo‘qligi haqida ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati joriy etildi. Elektron chipta sotib olingandan so'ng, chipta yo'lovchilarga PDF-formatida yuboriladi, yo’lovchi poyezdning jo'nash vaqti haqidagi ma'lumotlar SMS-xabar orqali yuboriladi, boshqa yo'lovchilarning identifikatsiya ma'lumotlari, masalan, bolalar va boshqa hamrohlik qiluvchilarning ma'lumotlari "shaxsiy kabinet"ida saqlanadi va ushbu ma'lumotlarni qayta kiritishga xojat qolmaydi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI