«Sharg‘unkumir» AJni modernizatsiyasi davom etmoqda

Joriy yilning oktyabr boshida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi v.b. X.N.Xasilov Surxondaryo viloyatidagi «Sharg‘unko‘mir» AJ ga tashrif buyurdi. 

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 yanvardagi PQ-2727–sonli qarori asosida olib borilayotgan “«Sharg‘unko‘mir» AJni modernizatsiya qilish” investitsiyaviy loyihaning amalga oshirilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi №711–sonli qaroriga binoan tashkil etilgan «Sharg‘unko‘mir» AJ tarkibidagi “Sharg‘un tikuvchilik sexi” MCHJ, “Sharg‘un mexanika zavodi” MCHJ va “Sharg‘un briket” MCHJ korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif davomida Jamiyat rahbari tomonidan tegishli mutasaddi rahbar xodimlarga ish sharoitlarini yaxshilash, “«Sharg‘unko‘mir» AJni modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini joriy etish bo‘yicha mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etib, qisqa fursatda ishga tushirish, ko‘mir qazib chiqarish hajmini oshirish, ko‘mirni eksport qilish, tashkil etilgan korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, yangi qurilgan temir yo‘l uchastkalaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud temir yo‘l uchastkalarini taʼmirlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Ta'kidlash joizki, mavjud sexlar qayta rekonstruksiya qilinib, yangilarining qad rostlagani va mahalliylashtirish dasturiga muvofiq ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi evaziga ko‘zlangan natijalarga erishilmoqda. Shuning barobarida korxonada yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda.


Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI