Baxshichilik maktabi negizidagi yotoqxona binosini barpo etish ishlari yakuniga yetkazilmoqda
Xabar berganimizdek, 2021-yil dekabr oyida Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 22-sonli bolalar musiqa, san‘at va baxshichilik maktabi uchun yotoqxona qurilish ishlari boshlangan. Mazkur loyihani amalga oshirish topshirig’i “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan (2021-yil 1-2 iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrif chog’ida) bergan edi.
Mazkur 150 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona «Samtiployiha» MChJning puxta loyihasi asosida bunyod etilmoqda. Yaʼni ushbu obyektda uzoq hududlardan kelib, tahsil olayotgan yoshlarga kerakli barcha sharoitlar muhayyo etilmoqda. Jumladan, birinchi qavatning o‘zida kutubxona va o‘qish zali, oshxona, shu bilan birga turli xildagi shirinliklar pishirishga mo‘ljallangan maxsus pishiriq sexlari, nogironligi bo‘lgan o‘quvchi qiz va yigitlarga alohida xonalar hamda kiyim ilish xonasi ham tashkil etilgan. Undan tashqari yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun alohida mashg‘ulot xonalari ajratilgan.
Ushbu binoning ikkinchi qavatidagi 48 ta xona qizlarga, uchinchi va to‘rtinchi qavatlardagi 102 ta xona esa o‘g‘il bolalar turishi uchun mo‘ljallangan. Binoda qo‘riqlash xizmati va yotoqxona komendantining yashashi va o‘quvchilarni nazoratga olish uchun ham alohida xonalar mazkur qurilish loyihasidan o‘rin olgan.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI